AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolarga bo`sh ish o`rinlari taklif etildi

'Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolarga bo`sh ish o`rinlari taklif etildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining "Konsern Titan-2" kompaniyasi Kaliningrad viloyatida qurilish sohasida (kamenshik, krovelshik, montajniki, armaturshik, betonshik, podsobny rabochiy, slesar santexnik, elektrogazosvarshik, oblisovshik-plitochnik, shtukatur, malyar, dorojny rabochiy) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar o`rtasida tanlov o`tkazadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Tanlovdan o`tgan fuqarolarni ishga jalb qilish bilan bog`liq, jumladan, tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, patent rasmiylashtirish, transport, yashash xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko`zda tutilmoqda.

Fuqarolar tanlovga fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportlari bilan kelishlari so`raladi.

Nomzodlar uchun talablar:

 23 yoshdan;

 sudlanmagan bo`lishi;

 mutaxassisligi bo`yicha malaka sertifikati va kamida 3 yillik ish tajribasi;

O`zbekistondan chiqishga va Rossiyaga kirishga ta`qiq qo`yilmagan bo`lishi.

 Oylik maosh o`rtacha 35 ming - 80 ming rubl (ish hajmi va grafigiga bog`liq).

Ishlash istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar