Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, "Shiribom" ko`prigida "Lacetti" yonib ketganligi bo`yicha YHXBB quyidagi ma`lumotlarni bermoqda.
Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 23:00 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, TXAY ko`chasida haydovchi I.M. "Lacetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va yo`l o`rtasidagi simyog`ochga urilgan. YTH oqibatida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida haydovchiga shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






