Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. Asaka tumani hududida joylashgan “A.” fermer xo`jaligiga tegishli 4 gektar er maydonidan xo`jalik rahbarining ruxsatisiz foydalanib kelib, ushbu er maydonini fuqaro O.ga rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 6 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.B. va Sh.F.lar oldindan til biriktirib, Quva tumanidagi kichik sanoat zonasidan 20 sotix er maydonini fuqaro N.ga tanishlari orqali ajratib berish evaziga 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






