AsosiyJamiyat

Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni shifokor reseptisiz sotayotgan aptekalar aniqlandi

'Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni shifokor reseptisiz sotayotgan aptekalar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “M.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi G.K. xaridor A.ga 2 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 50 ming so`mga sotgan vaqtida ushlandi. 

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiningning xabariga ko`ra, ushbu dorixonadan 197 dona “Regapen”, 40 dona “Tropikamid” va 4 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “F.J.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi M.S va MChJ rahbari X.X.lar xaridor G.ga shifokor reseptisiz 1 dona “Tropikamid” va 3 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini 195 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ushbu dorixonadan 1 900 dona “Karbamazepin”, 92 dona “Regapen” va 14 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar