AsosiyDunyo

O`zbekiston elchixonasi Ozarbayjonga bormoqchi bo`lgan fuqarolarni ogohlantirmoqda

'O`zbekiston elchixonasi Ozarbayjonga bormoqchi bo`lgan fuqarolarni ogohlantirmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, Ozarbayjon Vazirlar mahkamasi huzuridagi Tezkor shtab qarori bilan ushbu davlatdagi maxsus karantin rejimi 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Amaldagi qoidalarga ko`ra, hozirgi vaqtda O`zbekiston fuqarolari Ozarbayjon hududiga kirishi uchun pasport turidan (xorijiy, diplomatik) qat`iy nazar, o`zlari bilan birga quyidagilarni olishi kerak:

  •  Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Tezkor shtabning maxsus ruxsatnomasi. Ushbu ruxsatnomani rasmiylashtirish to`g`risidagi so`rov belgilangan tartibda qabul qiluvchi tomon tarafidan oldindan, ya`ni Ozarbayjonga jo`nab ketishdan 14 ish kunidan kam bo`lmagan muddatda Tezkor shtabga jo`natilishi zarur. Shu bilan birga, arizaning mavjudligi ruxsat olishni kafolatlamaydi hamda ruxsatnomaning berilishi – Ozarbayjonga kirib kelayotgan O`zbekiston fuqarosi to`g`risidagi ma`lumotlarning Davlat chegara xizmatining tegishli ro`yxatlarga o`z vaqtida kiritilishni ta`minlanmasligi mumkin;

 

  •  Ozarbayjonga jo`nashdan oldin so`nggi 72 soat mobaynida olingan COVID-19ni aniqlash uchun PZR-testning salbiy javobi to`g`risidagi tibbiy ma`lumotnoma. Chegaradagi bo`lishi mumkin bo`lgan ortiqcha tekshiruvlardan va aeroportda rasmiyatchiliklardan aylanib o`tish imkonini beruvchi QR-kod bo`lishi ma`qul (QR-kodi mavjud bo`lmagan ma`lumotnomalar egalari Boku shahrining aeroportida batafsil tekshiruvdan o`tadi);

 

  • -COVID-19 pasportlarining turlaridan biri: COVID-19ga qarshi vaksinasiyadan o`tganlik to`g`risidagi guvohnoma; (fuqaro koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning kamida ikki dozasini olgandan keyin O`zbekistonning vakolatli tibbiyot organi tomonidan beriladigan hujjat) yoki  COVID-19  immuniteti guvohnomasi (fuqaroda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi va uning qonida antitanachalar mavjudligi to`g`risida O`zbekiston Respublikasining vakolatli tibbiyot organi tomonidan beriladigan hujjat. Ushbu hujjat Ozarbayjonga kirishdan kamida 6 oy oldin berilgan bo`lishi kerak).

 

Sanab o`tilgan hujjatlar fuqaro yonida bo`lmagan taqdirda, ijtimoiy mavqei, davlat idoralarida va tijorat tuzilmalarida egallab turgan lavozimidan qat`iy nazar, ularga Ozarbayjonga kirish taqiqlanadi va kelgan davlatiga qaytariladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar