AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik tibbiyot xodimlari Germaniya ishga taklif qilinmoqda. Oylik maoshi va boshqa ma`lumotlar bilan tanishing

'O`zbekistonlik tibbiyot xodimlari Germaniya ishga taklif qilinmoqda. Oylik maoshi va boshqa ma`lumotlar bilan tanishing'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

  •  39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  • kasalxonada bemorlarni davolagan va tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lishi;
  • tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo`lishi;
  •  bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
  •  Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
  •  Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;

 

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  •  Toshkent shahrida bepul turur joy;
  •  o`quv xonasi;
  •  oylik stipendiya.

Shuningdek, "Globogate Recruiting GmbH" quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
  •  til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  •  o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
  • mexnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil
  • (oylik 2 300 evrodan, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami

    Boshqa yangiliklar