AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi OTMlar reytingi e`lon qilindi

'O`zbekistondagi OTMlar reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda davlat oliy ta`lim muassasalarining ilmiy salohiyati bo`yicha reytingda Toshkent moliya instituti, O`zbekiston milliy universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat universiteti etakchi o`rinlarni egalladi. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni bo`lib o`tgan oliy ta`lim muassasalari milliy reytingini e`lon qilishga bag`ishlangan matbuot anjumanida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Ulug`bek Toshkenboev ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, OTMlarning ilmiy salohiyati bo`yicha Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Farg`ona politexnika instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Qo`qon davlat pedagogika instituti so`nggi o`rinlardan joy olgan.

Shuningdek, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-o`qituvchilarning soni bo`yicha O`zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti etakchi o`rinni egallab kulmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 7 ta OTMda bor yo`g`i 1 nafardan professor-o`qituvchi mavjud bo`lsa, 11 ta OTMda professor-o`qituvchilar butunlay mavjud emas. Ular Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent farmasevtika instituti, O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti, Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti.

    Boshqa yangiliklar