Uch yildan beri an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasi o`yinlari bu safar 5-10-noyabr kunlari oralig`ida o`tkaziladi. Shu munosabat bilan bugun, 4-noyabr kuni Turizm va sport vazirligida “Bosh vazir kubogi-2021” musobaqasiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Joriy yilgi musobaqada 43ta jamoa ishtirok etadigan bo`ldi. Turizm va sport vazirligi hamda O`zbekiston futbol assosiasiyasi mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan qur`a tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qat`iy amal qilingan holda tashkil etildi.
Quyida “Bosh vazir kubogi-2021” an`anaviy futbol musobaqasining 1/32 va 1/16 final bosqichidagi juftliklar bilan tanishing:
5-noyabr (1/32 final). O`yinlar soat 10:00dan boshlanadi
1. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi – Ta`lim markazi
2. Sog`liqni saqlash vazirligi – Investisiya va tashqi savdo vazirligi
3. Oliy Majlis Senati – Energetika vazirligi
4. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi – AOKA
5. Maktabgacha ta`lim vazirligi – Agro markaz
6. O`zLiDeP – O`zA
7. Agroinspeksiya – Davlat statistika qo`mitasi
8. Adliya vazirligi – Moliya vazirligi
9. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi – Suv xo`jaligi vazirligi
10. O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi – Madaniyat vazirligi
11. Yoshlar ishlari agentligi – Xalq ta`limi vazirligi
6-noyabr (1/16 final), o`yinlar soat 9:00dan boshlanadi
Turizm va sport vazirligi – 2-o`yin g`olibi
O`zbekipaksanoat – O`zMTRK
Transport vazirligi – 2-o`yin g`olibi
Oliy sud – 3-o`yin g`olibi
Davlat bojxona qo`mitasi – 4-o`yin g`olibi
Markaziy bank – Davlat xizmatlari agentligi
Milliy olimpiya qo`mitasi – 5-o`yin g`olibi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi
Davlat test markazi – 6-o`yin g`olibi
Din ishlari qo`mitasi – Innovasiya vazirligi
Qishloq xo`jaligi vazirligi – 7-o`yin g`olibi
8-o`yin g`olibi – O`zgidromet markazi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi – 9-o`yin g`olibi
10-o`yin g`olibi – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi – Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo`mitasi
11-o`yin g`olibi – Davlat soliq qo`mitasi
Izoh: uchrashuvga jamoalar kamida 1 soat oldin kelishlari so`raladi. Qaysidir jamoa o`yinga kelmasa, texnik mag`lubiyat sababli keyingi o`yin vaqti oldinga surilishi mumkin. Har bir jamoa o`zi bilan futbol to`plari, ikki komplekt forma (agar forma 1 komplekt bo`lsa, manishka) olib kelishi lozim.
Eslatib o`tamiz, 2019 va 2020-yillarda o`tkazilgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasida bosh sovrinni qatorasiga ikki yil O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi qo`lga kiritgan.






