AsosiyDunyo

Rossiyada soxta emlash sertifikatlariga ega bo`lganlarni aniqlaydigan test yaratildi

'Rossiyada soxta emlash sertifikatlariga ega bo`lganlarni aniqlaydigan test yaratildi'ning rasmi

Gamaleya ilmiy markazi insonlarning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan yoki emlanmaganligini aniqlaydigan test ishlab chiqdi. Ushbu test vaksinada foydalanilgan Ad26 adenovirus membranasi oqsiliga antitanalarni aniqlaydi. Bu haqda markaz direktori  Aleksandr Ginsburg ma`lum qildi, deb yozadi «Vedomosti» «TASS»ga tayanib.

«Vaksinamiz bilan muvaffaqiyatli emlanishning asosiy belgisi vektor qobig`iga — adeno 26 ga antitelolaridir. «Sputnik V»ning birinchi komponenti adeno 26 ga asoslangan. Odamlar organizmida bu juda ham kam miqdorda uchraydi. Shuning uchun adeno 26 ga antitanalarning mavjudligi odamlarning emlanganligini tasdiqlaydi. Ammo agar biror kishi reanimasiyaga borib, emlanganligini aytsayu, lekin 26 adeno membranaga antitanalari bo`lmasa, unda ushbu bemorning sertefikati soxta bo`lishi ehtimoli katta sanaladi», dedi Ginsburg.

Olimning qayd etishicha, Gamaleya markazida taxminan bir oy davomida jonlantirish bo`limlarida davolanayotgan bemorlarning qon tahlilini tekshirilgan. Ushbu jarayonda 50-60 bemordan qon tahlillari olingan.

Reanimasiyada davolanayotgan bemorlar emlanmaganliklarini tan oldilar va  ularing taxminan 80 foizida Ad26 ga antitanalar yo`qligini aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar