AsosiyJamiyat

Turkiya Jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda

'Turkiya Jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama  hamkorlik mustahkamlanmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo`mondoni armiya generali Arif Chetin boshchiligidagi delegasiya O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo`mondoni, general-mayor R.Djuraev  ishtirokida mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.

Shu bilan birga, tashrif rejasiga muvofiq Milliy gvardiya majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag`ishlagan yig`ilish o`tkazildi.

Tadbirda Turkiya delegasiyasi a`zolari, Turkiyaning O`zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi ichki va xavfsizlik masalalari bo`yicha maslahatchilar, qo`mondon o`rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o`quv markazi rahbarlari ishtirok etdilar.

Milliy gvardiyaning xududiy boshqarmalari hamda mintaqaviy o`quv markazlari boshliqlari video-konferens-aloqa orqali qatnashdilar.

Ikki tomonlama muzokaralar davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat o`rtasida do`stlik aloqalari shiddat bilan rivojlanib borayotganligini alohida ta`kidlab, xavfsizlik sohasidagi idoralararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Suhbat yakunida tomonlar xavfsizlikni ta`minlash va harbiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga shuningdek o`zaro tajriba almashinuv tashriflarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shundan so`ng kun davomida delegasiya a`zolari Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o`quv markazi, O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, G`alaba bog`i shuningdek Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurishdi.

    Boshqa yangiliklar