AsosiyJamiyat

Andijonda 2 mlrd so`mdan ziyod bo`lgan “Mato” operasiyasi fosh etildi

'Andijonda 2 mlrd so`mdan ziyod bo`lgan “Mato” operasiyasi fosh etildi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi hamda “Andijon” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona postiga viloyatda faoliyat yurituvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijiy mamlakatdan olib kelingan tovarlar bojxona ko`rigidan o`tkazilgan.

Bojxona ko`rigi natijasida, dastlab bojxona xodimlariga taqdim etilgan hujjatlarga ko`ra, bir xil ipdan to`qilgan, bo`yalgan matolar deb ko`rsatilgan bo`lsada, aslida turli xil iplardan to`qilib, naqsh berilgan  matolar ekanligi ma`lum bo`lgan.

O`tkazilgan tadbir natijasida, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olingan umumiy qiymati 2 276 100 000 so`mlik, jami 817 dona rulondan iborat mazkur matolar vaqtincha saqlovga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar