AsosiyJamiyat

So`nggi 150 yil ichida O`zbekistonda bunday chang-g`ubor hodisasi kuzatilmagan – "O`zgidromet"

'So`nggi 150 yil ichida O`zbekistonda bunday chang-g`ubor hodisasi kuzatilmagan –  "O`zgidromet"'ning rasmi

Bu haqda AOKAda "O`zgidromet" markazi axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo`jaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda  ma`lum qilindi.

 "O`zgidromet"ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik stasionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko`tarila boshladi. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me`yordan 5 barabarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko`tarilishi qayd etildi.  

 Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiya kuzatildi va bu davr oralig`ida chang miqdori ruxsat etilgan me`yoriy ko`rsatkichdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.

️Yog`ingarchilik kutilmayotgani bois chang g`uborlar yaqin kunlar ichida ham saqlanib qolinishi kutilmoqda", - deydi Matbot kotibi.

    Boshqa yangiliklar