Chang bo`ronida avtomobilni boshqarishda haydovchilarga hushyor, sezgak bo`lish qat`iy tavsiya etilmoqdi. Chunki kuchli shamol esishi natijasida ko`tarilgan changdan yo`l ko`rinishi cheklanishi va hattoki, yo`lni umuman ko`rolmaslikka olib kelishi mumkin.
Shuningdek,
- Changda harakatlanayotganda avtomobilingiz faralari yoniqligiga ishonch hosil qiling;
- Yo`l qatnov qismida to`xtamang, xavfsiz joy izlang;
- Avtomobillar orasida xavfsiz masofani saqlang;
- To`xtaganingizda gabarit chiroqlarni yoqing;
- Xavfsizlik kamarini o`tkazgan holda, avtomobilda qoling va chang bo`roni o`tishini kuting;
- Haydovchining hushyorligi va xavfsiz haydash qobiliyati hali hanuz baxsiz hodisalarni oldini olish uchun asosiy omil hisoblanadi.






