AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi 3 ta tibbiyot oliy o`quv yurti dunyoning nufuzli OTMlari ro`yxatiga kirish uchun nomzod sifatida tan olindi

'O`zbekistondagi 3 ta tibbiyot oliy o`quv yurti dunyoning nufuzli OTMlari  ro`yxatiga kirish uchun nomzod sifatida tan olindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida yurtimizdagi kamida 10 ta oliy ta`lim muassasasini xalqaro agentliklar reytingining birinchi 1000 ta o`rindagi OTMlari ro`yxatiga kiritish belgilangan. 

Bu jarayonda universitet va institutlarimizga akademik nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyati natijadorligi va kadrlar sifati kabi bosh mezonlar asosida baho beriladi.  

Shunga ko`ra, O`zbekistondagi 9 ta milliy oliy ta`lim muassasasi “THE-Times Higher Education” xalqaro reyting agentligi tomonidan dunyoning nufuzli oliygohlari ro`yxatiga kirish uchun nomzod sifatida tan olindi.  

Quvonarlisi, ular safidan medisina yo`nalishidagi 3 ta oliy o`quv yurti — Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda Toshkent farmasevtika instituti ham joy oldi. Bu haqda  Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi rahbari Furqat Sanaev xabar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar