Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, Ishtixon tumani elektr ta`minoti korxonasi xodimi R.T. fuqaro X.ga nisbatan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr energiyasidan qarzdorligini yo`q qilib berish va ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






