AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda o`z xotinini o`ldirib, quduqqa ko`mgan erkak qo`lga olindi

'Qashqadaryoda o`z xotinini o`ldirib, quduqqa ko`mgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

Ikki yil muqaddam Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holatda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo`l va oyoqlarini sindirib, qasddan o`ldirgan. Jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan quduqni to`ldirib ko`mib yuborganligi aniqlangan.

 Kunora bu oilada bo`lib turgan janjaldan mahalla faollari, qarindosh-urug`lar xabardor bo`la turib vaqtida oldini olmagan. 

Boz ustiga muqaddam ham qotillik jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o`tab chiqqan bu shaxs qo`shxotin bilan yashagani, doimiy spirtli ichimlik iste`mol qilib, uyda janjal ko`tarish bilan band bo`lgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Q.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar