1

Antitanachalarning «Delta»-shtammiga qarshi samaradorligi pasaymoqda

Salomatlik 15.11.2021, 14:17
Antitanachalarning «Delta»-shtammiga qarshi samaradorligi pasaymoqda

«Delta» immunitetdan «qochib», organizmga hujum qila oladigan bo`lsa, emlanish kerakmi? Albatta kerak! "Vaksinauz" kanalida buning sabablarini keltirib o`tilgan.

«Delta» odamdan odamga tezroq yuqadi va vaksina hamda o`tkazilgan kasallik natijasida paydo bo`lgan antitanachalarning neytrallashtiruvchi ta`siridan qochadi — bu haqida RF Sog`liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo`yicha shtatdan tashqari bosh mutaxassisi, professor Vladimir Chulanov aytib o`tdi.⠀

Rossiyalik immunolog Nikolay Kryuchkovning so`zlariga qaraganda esa, ushbu shtammni neytrallashtirish uchun organizmdagi antitanachalar miqdori biroz ko`proq bo`lishi talab etiladi.

Mutaxassisning ta`kidlashicha, «Delta» tarqaladigan bo`lsa, immunitetning samaradorligi biroz pasayadi, ammo baribir yuqoriligicha qoladi.  Vaksinalar ishlashda davom etadi, ularning og`ir, o`lim holatlari va shifoxonaga tushishga qarshi samaradorligi — 90% dan yuqori.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1