Yurtimizda kunlik kasallanishlar soni iyun oyidan buyon ilk bor 200 nafardan kamayib, jami kasallanganlar soni 190 ming nafardan oshdi
2021 yil 15 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 190104 (+189) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
15 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
22 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
26 nafari Farg`ona viloyatida,
10 nafari Xorazm viloyatida,
23 nafari Toshkent viloyatida,
59 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar,
Andijon viloyatida 21 nafar,
Buxoro viloyatida 5 nafar,
Jizzax viloyatida 9 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Namangan viloyatida 23 nafar,
Samarqand viloyatida 21 nafar,
Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
Farg`ona viloyatida 27 nafar,
Xorazm viloyatida 3 nafar,
Toshkent viloyatida 3 nafar,
Toshkent shahrida 80 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 186394 (+203) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1360 nafarni tashkil qildi.
Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so`rab qolamiz.