Internet tarmog`ida tarqalgan “Ahmoqlikning chegarasi yo`q. Katta ko`chada, yo`lni o`rtasida cho`milayotgan bu bola kimni erkatoyi bo`ldi?” sarlavhali video bo`yicha IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.
Mirzo Ulug`bek tumanidagi maktablardan birining o`quvchilari 17 yoshli T.S. va O.M.lar Buyuk ipak yo`li ko`chasining avtomobillar harakati qismida bo`la turib, hazil uchun video tushirishgan. Videoda T.S. o`zining ustiga bir chelak suvni sepgan. Mazkur fakt asosida o`smirlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o`tkazildi. Ota-onalarga farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) mazmun va mohiyati tushuntirildi.
Yuqorida moddalar asosida tegishli hujjatlar to`planib, Mirzo Ulug`bek tumani Voyaga etmaganlar masalalari bo`yicha idoralararo komissiyasiga qonuniy chora ko`rilishi uchun yo`naltirildi.






