1

"Pichoqni og`zimga tiqib, yirtmoqchi bo`ldi". Samarqandlik ayol farzandlari ko`z o`ngida 17 marta pichoqlandi

Jinoyat 16.11.2021, 20:37
"Pichoqni og`zimga tiqib, yirtmoqchi bo`ldi". Samarqandlik ayol farzandlari ko`z o`ngida 17 marta pichoqlandi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashоvchi ayolning uyiga tunda bosqinchi kirdi. U ayolning farzandlari ko`z-o`ngida unga tashlanib, tanasining turli qismlariga pichoq sanchadi. Bu haqda Zamon.uz ma`lum qildi.

— Pichoqni urib ketaverdi. Men yordam beringlar deb baqirganimda pichoqni og`zimga tiqib yirtmoqchi edi. Men qo`lim bilan pchoqni qaytarganim uchun yuzimga tekkan. Keyin qo`ltiqlarimga tekkan, ko`ksimga, orqamga tekkan. Bir qo`limni o`ziga 7 marta pichoq tekkan. Farzandlarim ko`rdi. Ular ham hozir qandaydir stress holatida — deydi jabrlanuvchi.

Jinoyat sodir etgan kun bosqinchi uydagi elektr energiyasini uzib qo`yadi. Ayol chiroq o`chgani bois bolalari bilan hovliga chiqadi. Jinoyatchi niqob taqib olgani uchun avvaliga ayol uni tanimaydi. Keyinroq erkakning hatti-harakatlaridan qo`shnisi ekanini gumon qiladi.

Jabrlanuvchining taxmini to`g`ri chiqdi:

— Bunga men yomonlik qilmagandim. Meni aybim nima edi, nima haqqi bor edi bolalarimni bunday qilishga?  

Toyloq tumani sudida 42 yoshli bosqinchining jinoyat ishi ko`rib chiqildi. U o'zi sodir etgan jinoyat haqida quyidagicha guvohlik berdi:

— Pichoqni urgan vaqtimni bilaman. Undan keyin nima bo`lganini bilmayman. Keyin uyga borganimdan keyin qonni ko`rib o`zimni bilmay qoldim.  

Fuqaroning jinoyatiga spirtli ichimlik sabab bo`lgan.  

Fuqaroga sud tomonidan 16 yilu 6 oy muddatli qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1