1

MMA jangchisi Akmal Xojiev AQShda shifokorni o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 17.11.2021, 12:48
MMA jangchisi Akmal Xojiev AQShda shifokorni o`ldirib qo`ydi

Rossiyaning MMA jangchisi Akmal Xojiev AQShda qotillikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda chempionat.com ga asoslanib yozmoqda "Zamon" nashri.

Sportchi shifokor Miran Ribatini bo`yinidan pichoq bilan so`yib tashlagan. U bu qilmishini tan olgan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, mojaroga koronavirusga qarshi emlash bo`yicha kelishmovchilik sabab bo`lgan.

Guvohning aytishicha, Xojiev va rentgenolog Miran Ribati ko`p qavatli uylarning birida janjallashgan. Sportchi shifokorni bo`g`a boshlagan va uning tomog`iga hayvon suyagi bilan urgan. So`ng pichoq olib, so`yib yuborgan.

Akmal Xojiev ommaviy emlashlarga doimiy qarshi bo`lgan. Jangchining bir nechta hamkasblari uni yaqinda jiddiy ruhiy muammolarga duch kelgani, vaqti-vaqti bilan o`zini nazorat qila olmay qolayotgani, hati-harakatlarida tajovuzkorlik alomatlari borligini aytgan.

Hattoki, u avvalroq xodimlar va tashrif buyuruvchilarga tahdid qilgani sabab bir emas, ikki marotaba sport zalidan haydalgan. Hojiev aralash yakkakurashlarda to`rtta professional jang o`tkazib, uchta g`alabaga erishgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1