DXAning ma`lum qilishicha, eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi.
Ma`lumotga ko`ra, “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida to`g`risida”gi Hukumat qaroriga o`zgartirishlar kiritildi.
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2020 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.
Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha almashtirish majburiy edi.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.