AsosiySiyosat

Turkmaniston bilan transport sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

Bugun,  18 noyabr kuni transport va logistika masalalari bo`yicha o`zbek turkman ishc...

'Turkmaniston bilan transport sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi'ning rasmi

Bugun,  18 noyabr kuni transport va logistika masalalari bo`yicha o`zbek turkman ishchi guruhining uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Transport vazirligi ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Transport vaziri o`rinbosari A. Mo`minov va «Turkmaniston temir yo`llari» agentligi raisi A. Atamuradov,  shuningdek,  ikki mamlakatning avtomobil,  temir yo`l,  aviasiya tizimi hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida videokonferensiya aloqa shaklida o`tkazilgan uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlanish istiqbollari muhokama etildi.  

Xususan,  koronavirus pandemiyasi sabab amaliyotga joriy etilgan cheklov choralari natijasida yopilgan “Xo`jayli – Kunya-Urgench”,  “Shovot – Dashoguz” o`tkazish punktlari ish faoliyatini sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga qat`iy rioya etgan holda qayta tiklash masalasi ko`rib chiqildi. 

    Boshqa yangiliklar