Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand hududiy elektr tarmoqlari asionerlik jamiyati xodimlarini yangi tayinlangan rahbar G`.Mamatqulov tomonidan ommaviy tarzda hech bir ogohlantirishlarsiz ishdan bo`shatib yuborilayotganligi bayon qilingan video tarqatildi.
Ma`lum qilinishicha ushbu murojaat Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganilgan.
O`rganish davomida, Samarqand hududiy elektr tarmoqlari asionerlik jamiyati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100, 102, 108-moddalari talablariga rioya qilmaganligi aniqlangan.
Shuningdek, maqolada ko`rsatilgan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida kiritgan da`vo arizalari Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko`rib chiqilayotganligi ma`lum bo`lgan.