2019 yilning mart oyida Respublika sud ekspertizasi markazi uchun yangi binolar majmuasi qurilgan edi. Oradan uch yil o`tmay, markazning haligacha hokimlik balansida turgan binolaridan biri buzilishi xavfi ostida qolmoqda. Sabablari noma`lum, poytaxt hokimligi hozircha vaziyatga izoh bermadi.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan O`zbekiston Adliya vazirligiga qarashli X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binolaridan biri buzilishi xavfi ostida ekanligi aytilmoqda.
Sud ekspertizasi markazi avval Chilonzor tumanida, «Novza» metro bekatidan uncha uzoq bo`lmagan joyda joylashgan edi. 2019 yilning mart oyida Prezident qarori bilan markaz uchun ma`muriy bino, sud ekspertlarining malakasini oshirish o`quv markazi, materiallar, moddalar va mahsulotlarning sud-tibbiy ekspertizasi laboratoriyasi va inson DNKsining sud-biologik ekspertizalari uchun laboratoriyani o`z ichiga olgan to`rtta korpusdan iborat yangi ixtisoslashtirilgan majmua qurilgan edi.
Respublika sud ekspertizasi markazi matbuot kotibi Saidillaxo`ja Saidxo`jaev «Gazeta.uz»ga, yil boshida yangi ma`muriy bino qurilishi boshlangani, iyun oyida xodimlar o`sha erga ko`chib o`tganini ma`lum qildi. Bir oy muqaddam hozirgi sobiq ma`muriy binoning fasadi va yon qismlari maxsus mato bilan qoplanganligi buzib tashlanishi to`g`risidagi mulohazalarga sabab bo`lgan edi.
Markaz vakilining so`zlariga ko`ra, binolar majmuasi haligacha Toshkent hokimligi balansida bo`lgani sababli markazda ma`muriy binoning keyingi taqdiri va qurilish ishlarining qiymati to`g`risida hozircha hech qanday ma`lumot yo`q.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga so`rov yuborilgan, biroq hokimlik Matbuot xizmati javob qaytarmagan.
Markazning har ikki tomonida yirik biznes majmualari qurilmoqda.
Markazning chap tomoni Ozun Tashkent Construction`ga (asoschisi — Olmazor City investori hisoblangan Ozun Insaat Yatirim Danishmanlik Anonim Sirketi) tegishli Bizning Uylar Development savdo belgisi ostidagi Alfraganus savdo kvartali loyihasining bayrog`i tushirilgan to`siq bilan o`ralgan.
Alfraganus savdo ofisi va loyihaning subpudratchisi sifatida faoliyat yurituvchi Discover Invest kompaniyasining ma`lum qilishicha, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binolari joylashgan hududning Discover Invest va Bizning Uylar Development kompaniyalariga hech qanday aloqasi yo`q.
Respublika sud ekspertizasi markazidan 300 metr masofada Orient City biznes-parki, shuningdek, Golden House`dan biznes-klassdagi kvartiralar qurish rejalashtirilgan.
Geoportal va Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Ko`chmas mulk huquqlar davlat reestri ma`lumotlariga tayanib xulosa qilish mumkinki, Alfraganus va Orient City loyihalari o`nlab gektar maydonni egallaydi.
Manba: "Gazeta"