Ayni paytda "Qamchiq" dovonidan o`tgan avtomobil yo`lining 228-253 kilometrlari oralig`ida maydalab qor yog`ishda davom etmoqda. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yo`ldan harakatlanib o`tuvchi haydovchilardan:
- tezlik me`yoriga rioya qilgan holda;
- oraliq masofani saqlab;
- o`ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so`ralmoqda.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, hozirda "Qamchiq" dovonidan o`tgan avtomobil yo`lini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.






