AsosiyJamiyat

Toshkentda Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi

'Toshkentda Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi'ning rasmi

“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya bo`yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo`nalishida tadqiqotlar o`tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda ta`lim 2022/2023 o`quv yilidan kunduzgi shaklda o`zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi.

Qabul paramertlari mutaxassislarga bo`lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar