AsosiyJamiyat

“Noshirlik faoliyati to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi

'“Noshirlik faoliyati to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi'ning rasmi

“Noshirlik faoliyati to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–731-son, 26.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi. 

Qonunga ko`ra, noshirlik faoliyati sub`ektlari o`z faoliyatida mustaqildir.

Nashrga tayyorlangan qo`lyozmalarni va materiallarni senzuradan o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi.

Fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro`siga putur etkazuvchi, mazmuniga ko`ra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin bo`lgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.

Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.

Qonunga ko`ra, noshirlik faoliyatining sub`ektlari quyidagilardan iborat:

  •  nashriyot;
  •  tayyorlovchi;
  •  buyurtmachi;
  •  tarqatuvchi.

️ Noshirlik faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan o`tish talab etilmaydi:

  •  davlat organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to`plamlarini nashr etishda;
  •  respublika ahamiyatiga ega nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, ta`lim va ilmiy muassasalar tomonidan o`z faoliyati uchun zarur bo`lgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qo`lyozma huquqi asosida ko`paytirish uchun mo`ljallanmagan materiallarni nashr etishda;
  •  ommaviy axborot vositalari ushbu OAV tahririyatlari tomonidan chop etilganda.

 

Noshirlik mahsulotlari tarqatuvchi tomonidan shartnomalar asosida tarqatiladi.  

️Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar