Bugun, 26 noyabr soat 20:00 dan boshlab “O`zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 markadagi benzin 6890 so`mdan sotuvga chiqariladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Benzin taqchilligining oldini olish uchun “O`zbekneftgaz” AJ va “Tovar xom-ashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqilgan. Natijada “O`zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda soat 20:00dan buyon AI-80 markadagi benzin 6890 so`mdan sotuvga chiqariladigan bo`ldi. Respublika hududidagi “O`zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin bo`lishi ta`minlanadi”, – deyiladi rasmiy xabarda.






