AsosiyJamiyat

Soxta veb-resurslardan ehtiyot bo`ling — IIV

'Soxta veb-resurslardan ehtiyot bo`ling — IIV'ning rasmi

So`nggi vaqtlarda internet-firibgarlari tomonidan fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pul mablag`larini turli xil noqonuniy uslublar yordamida talon-taroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o`tkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan o`zlarining bu kabi jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun “Click” MChJning rasmiy veb-saytiga o`xshash bo`lgan resurs (havolasi: https://click.payer84849.ru/unlock68176685) faoliyatini yo`lga qo`yib, uning imkoniyatlaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur «feyk» resurs orqali ro`yxatdan o`tmasdan turib, 13 mln. so`mni olishi mumkinligi, buning uchun foydalanuvchilarning telefon raqami va unga bog`langan bank plastik kartasi ma`lumotlari (karta raqami, amal qilish muddati) hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablag`ga ega bo`lish istagida bo`lgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini «feyk» resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qo`lga kiritilishiga va undagi mablag`larni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

Shu sababli, barcha internet foydalanuvchilarini, ayniqsa “Click” MChJ mijozlarini mazkur «feyk» veb-resursning noqonuniy faoliyati to`g`risida ogoh bo`lishlarini, to`lov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlarini so`rab qolamiz.

Ogoh bo`ling! Internet-firibgarlari tomonidan yaratilgan soxta veb-resurslarga kirib, engil yo`llar bilan daromad topish to`g`risidagi yolg`on xabarlarga ishonib qolmang!

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar