AsosiyJamiyat

"Ilhaq" filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda 2 ta mukofotni qo`lga kiritdi

'"Ilhaq" filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda 2 ta mukofotni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmi  “Listapad” xalqaro Minsk kinofestivalida ikkita sovrin bilan  mukofotlandi.

Mazkur film kinofestivalning "Gran-pri" hamda Belarus Respublikasi Prezidentining "Kinoda ma`naviyat va insonparvarlik g`oyalari uchun" maxsus mukofoti bilan taqdirlandi (https://telegra.ph/).

Shuningdek, “Listapad” xalqaro kinofestivalida Muhammadali Iskandarovning “Osiyo arsloni” (“Aziatskiy lev”) hamda Akbar Bekturdievning “Uzbechka” (“O`zbek qizi”) yangi kinoloyihalari Kinematografiya agentligi hamda “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olish bo`yicha kelishuvlar olib borildi. Filmlarning bir qismi Belarus hududida suratga olinishi ko`zda tutilgan.

O`zbek filmlari so`nggi oyda qo`lga kiritgan 6 xalqaro darajadagi mukofotni qo`lga kiritdi. Avvalroq,  8-12 noyabr kunlari Turkiyada bo`lib o`tgan “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Tutqunlik" hamda “Xalq jasorati”  filmlari ham sovrinlarni qo`lga kiritgan edi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari ham muntazam ravishda turli kinofestivallarda g`oliblikni qo`lga kiritib kelmoqda.

“Listapad” xalqaro Minsk kinofestivali Kinoprodyuserlar assosiasiyasining xalqaro federasiyasi (FIAPF) ro`yxatidan o`tgan bo`lib, unda Boltiqbo`yi mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Sharqiy Evropa davlatlarining sara filmlari ishtirok etadi.

Boshqa yangiliklar