AsosiyJamiyat

Bu gal Dubaydagi ish safarimda menga kichkintoyim Shavkatjon hamrohlik qilyapti — Saida Mirziyoeva

'Bu gal Dubaydagi ish safarimda menga kichkintoyim Shavkatjon hamrohlik qilyapti — Saida Mirziyoeva'ning rasmi

Shavkat Mirziyoevning qizi Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ayni aqtda Dubayda ekanligi va uning bu galgi safarida o`g`li Shavkatjon hamrohliq qilayotganini aytdi.

"Shu kunlarda ish jadvalim juda tig`iz. Safarlar, uchrashuvlar, forum va konferensiyalar — hozir ko`plab muhim loyihalarning taqdiri hal bo`layotgan payt",-deydi Saida Mirziyoeva.

"Farzandlardan ko`p vaqtga uzoqlashmaslikning yagona yo`li — ularni ta`tilga chiqqanlarida o`zim bilan birga olib ketish. Bu gal Dubaydagi ish safarimda menga sabrli kichkintoyim Shavkatjon hamrohlik qilyapti. Mana shu bir necha kunga juda ko`p ishlar rejalashtirilgan, ketma-ket tadbir. Shunga qaramay, ozgina bo`sh qoldim deguncha, vaqtni birga o`tkazyapmiz. Tinimsiz ishlaydigan ota-onani sog`inish nima ekanini yaxshi bilaman",-deydi u o`zi ham dadasini har doim sog`inishini aytib.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Dubaydagi EXPO ko`rgazmasida ishtirok etayotgan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoevaning suratlarini ulashgan edik.

    Boshqa yangiliklar