AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi Qirg`iz Respublikasida bo`lib o`tadigan parlament saylovlarini kuzatadi

'O`zbekiston delegasiyasi Qirg`iz Respublikasida bo`lib o`tadigan parlament saylovlarini kuzatadi'ning rasmi

2021 yil 28 noyabr kuni Qirg`iz Respublikasida bo`lib o`tadigan parlament saylovlarini kuzatish uchun O`zbekiston MSK raisi boshchiligidagi delegasiya Qirg`iz Respublikasiga boradi

Qayd etilishicha, delegasiya tarkibidan Markaziy saylov komissiyasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a`zolari hamda bir qator tashkilotlardan 47 nafar vakil  o`rin olgan. Ular Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, shuningdek EXHT DIIHB kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.

Ta`kidlanishicha, Qirg`iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o`tkazish bo`yicha markaziy komissiyasi tomonidan mingga yaqin xalqaro kuzatuvchilar akkreditasiyadan o`tkazilgan. Saylovlarni xalqaro tashkilotlardan tashqari xorijiy davlatlarning saylov organlari xususan, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Latviya, Litva, Maldiv orollari, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina va O`zbekistondan vakillar kuzatib boradi.

"Xalqaro kuzatuvchining vakolat muddati u akkreditasiya qilingan kundan boshlanadi va saylov natijalari e`lon qilingan kunida tugaydi. Xalqaro kuzatuvchilar istalgan saylov uchastkasi va saylov komissiyasida hozir bo`lish huquqiga ega",-deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar