Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. Guliston davlat universitetiga superkontrakt asosida o`qishga kirgan G.ning kontrakt to`lovi miqdorini tanishlari yordamida 8,7 mln so`mga kamaytirib berish evaziga talabaning onasi X.dan 1 800 AQSh dollari hamda O`sh tibbiyot instituti talabasi D.ning o`qishini Toshkent pediatriya instituti Farg`ona filialiga ko`chirib berishi evaziga 3 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda A.N. O`sh tibbiyot institutining 3 nafar talabalarining o`qishini Andijon tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko`chirib berishi evaziga jami 10 000 AQSh dollarini hamda Namangan Davlat Universitetiga superkontrakt asosida o`qishga kirgan O.ning kontrakt to`lovini o`ziga qarashli firma orqali to`lab berish evaziga 1 400 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






