“Muzeylar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, muzeylar ta`sis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shug`ullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablag`lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos bo`lmaydi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






