Prezident Shavkat Mirziyoev Ashxobod shahrida o`tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda uning matbuot kotibi ma`lum qildi.
Avval xabar berganimizdek, davlat rahbari sammitdagi nutqida hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha ko`plab takliflarni ilgari surdi.
Ma`lum qilinishicha, anjuman yakunida harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi.
"Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik 2022 yilda O`zbekistonga o`tgani sammitning muhim natijalaridan biri bo`ldi",-deyiladi xabarda.






