Marokash hukumati Isroilga ergashib, boshqa mamlakatlardan parvozlarni qabul qilishni to`xtatishga qaror qildi. Bu haqda RBK yozmoqda.
Ma`lumotga ko`ra, parvozlar ikki haftaga to`xtatiladi.
Marokash hukumati 29 noyabr, dushanba kunidan boshlab koronavirusning yangi "omikron" tarqalishi munosabati bilan xorijdan yo`lovchi reyslarini qabul qilishni to`xtatishi e`lon qilgan. Bu haqda Marokash tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.
"Bugun, yakshanba kuni vazirliklararo COVID kuzatuv qo`mitasi qirollikka barcha to`g`ridan-to`g`ri reyslarni ikki hafta muddatga to`xtatganini e`lon qildi", deyiladi xabarda.
Vazirlikning qayd etishicha, cheklovlar 29 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 23:59 dan kuchga kiradi.