AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etilmoqda

'Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etilmoqda'ning rasmi

23 noyabrda Prezidentning “Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-21-son qarori qabul qilindi.

Hujjat qishloq va suv xo`jaligi tarmog`idagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, hududda agrar tarmoqning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas`uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan.

 Qaror bilan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

  • qishloq xo`jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini rivojlantirish;
  • yangi intensiv bog` va tokzorlarni barpo qilish va issiqxonalarni tashkil etish bo`yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta`minlash;
  • tuproq unumdorligini oshirish, erlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo`yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;
  • innovasion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va AKTlarini qishloq xo`jaligi tarmoqlariga joriy etish;
  • chorva mollari bosh sonini, go`sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish bo`yicha prognoz ko`rsatkichlari bajarilishini ta`minlash. 

Ma`lumotga ko`ra, hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 24 noyabrdan kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar