AsosiyJamiyat

Kitob tumanidagi sport maktabining sobiq direktori 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

'Kitob tumanidagi sport maktabining sobiq direktori 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

Avvalroq Kitob tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida tumandagi 2-sonli Bolalar va o`smirlar sport maktabi direktori M.X ning o`z xizmat xonasida  fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo`yish uchun 1 million 500 ming so`m miqdordagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo`lga olingani ma`lum qilingan edi.  

Tuman hokimligi ma`lumotiga ko`ra, yaqinda Jinoyat ishlari bo`yicha Kitob tumani sudida G`.Ostonov raisligi ostida ushbu holatga oid sud ishi ko`rib chiqildi. 

Unga ko`ra, sudlanuvchi M.Xga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar