AsosiyJamiyat

SSV Sergelidagi portlashda jabrlanganlar haqida ma`lumot berdi

'SSV Sergelidagi portlashda jabrlanganlar haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

SSV: SERGELIDAGI YoNG`INDAN JABRLANGANLARGA BELGILANGAN STANDARTLAR BO`YIChA TIBBIY YoRDAM KO`RSATILMOQDA

Avvalroq bugun, 29 noyabr kuni soat 05:05da Toshkent shahri, Sergeli tumani, Nilufar 3-tor ko`chasida “Uzmill” MChJ hududida joylashgan  ishchilar yotoqxonasida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yong`inga gaz quvurlarining nosozligi tufayli xonaga gaz to`planishi va buning oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu noxush hodisa tufayli jabrlanganlarning salomatligini jiddiy nazoratga oldi.

Xususan, yong`in natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo`yicha zarur tibbiy yordam ko`rsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, yong`indan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi bo`lib, ularning  10 nafari reanimasiya bo`limida davo mulojalarini olmoqda.

    Boshqa yangiliklar