AsosiyJamiyat

Namanganda bir-biriga tutash ikkita xonadon yonib ketdi

'Namanganda bir-biriga tutash ikkita xonadon yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 29 noyabr kuni soat 03-30larda To`raqo`rg`on tuman Shaxidon Maxalla fuqarolar yig`ini Shaxidon ko`chasi 48-uyda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda. 

Xabarga ko`ra, tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in qutqaruvchilari voqea joyiga etib borgan va soat 03-40da yong`in joyi o`rab olingan. Yong`in natijasida yashash uyining shift va tom qismidan 200 kv.metr joyi,  uy-ro`zg`or buyumlari, uy egasiga tegishli xujjatlari hamda qo`shnisi xo`jalik uyining tom qismidan  50 kv. metr joyi yonib yonib zararlangan.

Sodir bo`lgan yong`in To`raqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini yong`in-qutqaruvchilari tomonidan soat 04-35da o`chirilgan.  

Tezkor harakat natijasida To`raqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini yong`in-qutqaruvchilari tomonidan 300 kv.metr joyi saqlab qolindi.

 

 

    Boshqa yangiliklar