AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 319,7 mln so`mni o`zlashtirgan rahbar o`rinbosari ushlandi

'Qashqadaryoda 319,7 mln so`mni o`zlashtirgan rahbar o`rinbosari ushlandi'ning rasmi

Korxonaning 319,7 mln so`mini o`zlashtirgan rahbar o`rinbosarining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning Muborak tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M-S.” MChJ rahbari o`rinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib, 2021 yilning mart-oktyabr oylarida MChJning 319,7 mln so`m pul mablag`ini bank plastik kartasiga o`tkazib, o`zlarining manfaatlari yo`lida sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar