AsosiyJamiyat

"100ga yaqin xodim, buldozer, suv tashuvchi mashinalar..." Amudaryo Davlat biosfera rezervati o`rmonzorida sodir bo`lgan katta yong`in bir necha kunda to`liq o`chirildi

'"100ga yaqin xodim, buldozer, suv tashuvchi mashinalar..." Amudaryo Davlat biosfera rezervati o`rmonzorida sodir bo`lgan katta yong`in bir necha kunda to`liq o`chirildi'ning rasmi

2021 yil  27 noyabr kuni soat 17:30da Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati o`rmonzorida (“Amudaryo” daryosi ikkiga ajralgan va qayta qo`shilgan joyi oralig`idagi orolcha) yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 19:10da yong`inni o`chirish ishlariga kirishgan. (Tuman yong`in-qutqaruv qismidan yong`in sodir bo`lgan joygacha masofa taxminan 47 km. ni tashkil etadi). 28 noyabr kuni soat 05:15da yong`in qurshab olinib, 08:04da o`chirilgan.  

Yong`in sodir bo`lgan joyda qayta yong`in o`choqlari paydo bo`lishining oldini olish maqsadida, voqea joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, Mintaqaviy qutqaruv otryadidan 1 ta bo`linma va yordamchi texnikalar, 2 ta buldozer, 2 ta pogruzchik, 2 ta suv tashuvchi mashinalar, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi FVBdan 50 nafar, O`rmon xo`jaligidan 20 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasidan 5 nafar, tuman Obodonlashtirish bo`limidan 20 nafar, jami 95 nafar xodim jalb etilgan va ofatga qarshi kurashish uchun joyida qoldirilib, 3 guruhga bo`lingan holda, kecha-kunduz navbatchilik yo`lga qo`yilgan.

Kutilmaganda yong`in qoldiqlari qayta alanga olgan va 29 noyabr kuni soat 10.25lar atrofida o`chirishga kirishilib, 30 noyabr kuni soat 03.30da o`chirishga erishildi.

Yong`indan jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. “Nazarxan” ovul fuqarolar yig`inidan yong`in sodir bo`lgan joygacha masofa taxminan 8 km. ni tashkil etadi.  

Hozirda keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda, voqea joyida hamkor vazirlik, idora va xizmatlar kuch-vositalari navbatchilik olib bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar