AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qo`llanilayotgan vaksinalar "omisron" shtammidan himoya qila oladimi? Aniqlik kiritildi

'O`zbekistonda qo`llanilayotgan vaksinalar "omisron" shtammidan himoya qila oladimi? Aniqlik kiritildi'ning rasmi

Hozir respublikamizda qo`llanilayotgan vaksinalar koronavirusning SARS-CoV-2: B.1.1.529. (Omikron) shtammidan himoya qila oladimi?

Mazkur savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan javob taqdim etildi.

"Xalqaro darajada e`tirof etilgan mutaxassis-ekspertlar tinimsiz takrorlayotgan fikrlarini yana bir bor eslatib o`tmoqchiman. Eng asosiysi, jamoaviy immunitetni shakllantirish, ya`ni ommaviy emlanish ko`rsatkichlarini oshirish orqali ham epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turish mumkin.  

Chunki vaksinalar SARS-CoV-2ning har qanday mutasiyaga uchragan shtammida samara beradi. Hatto yangi shtammni yuqtirib olgan holatda ham barcha dozada emlanganlarda kasallik engil va jiddiy asoratlarsiz o`tadi.  

Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda aholini emlashda jami 6 turdagi-AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, "Sputnik V", Moderna, Pfizer/BioNTech hamda Sinovac vaksinalari mavjud", - deyiladi izohda. 

 

    Boshqa yangiliklar