AsosiyJamiyat

Samarqandda tadbirkor 5,4 mlrd so`mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

'Samarqandda tadbirkor 5,4 mlrd so`mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati Narpay tumanidagi gaz "zapravka"da 300 ming xonadonga bir kunga etadigan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 18 noyabr kuni Samarqand viloyatida o`tkazilgan tadbir davomida Narpay tumani, “Tepa” MFY hududida faoliyat yuritayotgan "Oqtosh Diyorbek Nur” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shohobchasining tabiiy gazdan foydalanish holati o`rganilgan.

O`tkazilgan nazorat tadbiri davomida gaz hisoblash uskunasidan tashqari AGTKSh hududidan o`tuvchi “Oromgoh” kichik sanoat zonasini tabiiy gaz bilan ta`minlovchi kesimi 159 mm.li gaz tarmog`iga yashirincha o`zboshimchalik bilan ulanib tabiiy gazdan foydalanayotganligi aniqlangan.

Ushbu noqonuniy holat bo`yicha dastlabki hisoblangan gaz hajmi 5 mln 424,0 ming metr kubni va etkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 424,0 mln so`mni tashkil etgan.

Mazkur hajmdagi tabiiy gaz 300 ming xonadonning bir kunlik iste`molini tashkil qiladi.

Yuqorida qayd etib o`tilgan noqonuniy holatlar bo`yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar