Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2006 yildan boshlab JSSTning tavsiyalariga muvofiq, OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishini oldini olish dasturi joriy etilgan. Unga ko`ra har yili o`rtacha 600 ming homilador OIV infeksiyasiga tekshiriladi.
OIV infeksiyali ayollardan har yili o`rtacha 550-600 nafar chaqaloq tug`iladi va ularga OIV infeksiyasini onadan bolaga o`tishini oldini olish maqsadida, retrovirusga qarshi dorilar o`z vaqtida berib boriladi. OIV infeksiyasining onadan bolaga o`tishini oldini olish maqsadida tug`ilgan chaqaloqlar (6 oylikkacha) sun`iy oziqlantirish (quruq sut) bilan ta`minlanadi.





