AsosiyJamiyat

Yo`l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

'Yo`l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi'ning rasmi

Prezident Farmoni (PF–27-son, 29.11.2021 y.) bilan O`zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

️Konsepsiyaga ko`ra, ommaviy tadbirlarni o`tkazish va istirohat bog`lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi.  

2022–2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo`linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo`ysunuviga o`tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o`tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.

 2022 yil 1 martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo`linmalari tashkil etiladi.

2022 yil 1 maygacha ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimi joriy etiladi.  

2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik ma`lumotga ega xodimlar tayinlanadi.

Farmon bilan shuningdek, 2022–2025 yillarda O`zbekistonda jamoat xavfsizligini ta`minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.  

Strategiyaga ko`ra, jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:  

  •  yo`l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
  •  har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
  •  “Jinoyat o`choqlari” bo`lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo`linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo`lga qo`yiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar