AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi yarim kechagacha ishlatgan xodimlariga ikki xissa miqdorida haq to`lab beradigan bo`ldi

'Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi yarim kechagacha ishlatgan xodimlariga ikki xissa miqdorida haq to`lab beradigan bo`ldi'ning rasmi

Internet tarmog`ida “Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi xodimlari yarim kechagacha ishda o`tirishga majburlanmoqda” sarlavhasi ostidagi xabar tarqalgan. 

Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan o`rganishlar natiajasiga ko`ra, boshqarma xodimlari soat 20:00da hech qanday buyruq rasmiylashtirilmagan holda o`zining mehnat faoliyatini olib borayotganligi aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan, boshqarmaning tegishli xodimlaridan tushuntirish xatlari olinib,  boshqarmaning xodimlar bilan ishlash va maxsus ishlar bo`limi boshlig`idan joriy yilning 23 noyabr kuni soat 18:00ga yig`ilish belgilanganligi va bu borada ishdan tashqari ishga xodimlar qay tartibda jalb etilayotganligi to`g`risida ham tushuntirishlar olingan.

Bunda, bo`lib o`tgan yig`ilishda tuman hokimlarining birinchi o`rinbosarlari o`zlarining roziligi asosida qatnashganligi, ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish bo`yicha hech qanday buyruq rasmiylashtirilmaganligi ma`lum bo`lgan.

O`rganish yakuni bilan, Toshkent viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig`i nomiga Mexnat kodeksining 130, 157-moddalariga asosida xodimlarni ishdan tashqari ishlarga ularning roziligi asosida hamda ish vaqtidan tashqari vaqtda ishga jalb etilgan xodimlarga ikki xissa miqdorida haq to`lab berilishi yoki mutanosib ravishda otgul berish yuzasidan Yozma ko`rsatma kiritilgan.

Mehnat kodeksining 124-moddasiga ko`ra, ish vaqtidan tashqari ishlarga xodimning roziligi bilangina yo`l qo`yilishi mumkinligi, 157-moddasiga ko`ra, ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi.
Bundan tashqari, 125-moddada, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to`rt soatdan (mehnat sharoiti og`ir va zararli ishlarda — bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo`lmasligi lozimligi belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar