AsosiyDunyo

​​JSST «Omikron» shtammi haqida ma`lumot berdi

'​​JSST «Omikron» shtammi haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

2021 yil 26 noyabr kuni JSST tomonidan «Omikron» nomli B.1.1.529 koronavirus shtammi ro`yxatga olindi. 

«Omikron» boshqa shtammlarga qaraganda tezroq yoki sekinroq tarqalishi  hozircha ma`lum emas. Janubiy Afrikada kasallik yuqishi holatlari ortdi, ammo bu yangi shtammga bog`liqligini aniqlash uchun olimlar tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.

Infeksiya kasallikning yanada og`irroq kechishiga sabab bo`lishi hanuz noma`lum. «Omikron» shtammi keltirib chiqaradigan alomatlarning boshqa variantlarga nisbatan farqi haqida ham ma`lumotlar yo`q. COVID-19'ning barcha turlari og`ir holatlar yoki o`limga olib kelishi mumkin.

Dastlabki ma`lumotlar «Omikron» shtammi tufayli qayta kasallanish xavfi yuqori bo`lishini ko`rsatib turibdi. Bu haqidagi batafsil ma`lumotlar yaqin haftalar ichida taqdim etiladi.

PZR-testlar infeksiyani, jumladan, «Omikron» shtammini ham aniqlaydi. JSSTning ta`kidlashicha, kasallik og`ir kechishi va o`limga olib borish holatlarini kamaytirishda vaksinalar hanuzgacha hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

JSST yangi shtamm bo`yicha to`liq ma`lumotlarni olish, uning tarqalishiga qarshi strategiya ishlab chiqish va davo usulini imkon qadar tezroq topish uchun turli davlatlardagi ko`p sonli tadqiqotchilar ishini muvofiqlashtirishda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar