AsosiyDunyo

“Sputnik V” vaksinasi “omikron”ga qarshi samara bera oladimi?

'“Sputnik V” vaksinasi “omikron”ga qarshi samara bera oladimi?'ning rasmi

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi juda tez tarqalmoqda. Shu bois olimlar Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ushbu shtammga qarshi qay darajada ta`sir ko`rsata olishini tekshiradi.

TASS agentligining xabar berishishicha, preparatning samaradorligini o`rganishga uch hafta ketadi.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasi rahbari Kirill Dmitriev CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi.

Uning ta`kidlashicha, 2022 yil fevral oyi oxiriga qadar “Sputnik V” vaksinasi 100 million dozagacha chiqarilishi mumkin.

Shu bilan birga, vaksinaning samaradorligi tufayli virusning “delta” shtammiga qarshi kurash unchalik og`ir kechmagani ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar